Londonning «Tottenhem» jamoasi «Benfika» hujumchisi Vangelis Pavlidisni sotib olishni maqsad qilmoqda. Bu haqda Fichajes xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, Pavlidis — «Tottenhem»ning asosiy transfer maqsadi. «Shporlar» o'yinchini yanvar oyida sotib olishga harakat qilishlari mumkin yoki bitimni yozgi transferga qoldirishlari mumkin. Biroq, «Benfika» hozircha muzokara qilishga shoshilmayapti va angliya klubi Pavlidisni faqat 100 million evro to'lagan taqdirdagina olishi mumkinligini ta'kidlamoqda.

Shuningdek, hujumchiga «Aston Villa», «Yuventus», «Milan», «Atletiko» va «Barselona» ham qiziqish bildirmoqda.

Ushbu mavsumda Pavlidis barcha turnirlarda 16 ta o'yinda qatnashib, 16 ta gol urdi va to'rt assist qayd etdi.