Manchester Yunaytedning kapitani Bruno Fernandesning so'zlari nafaqat matbuotda, balki klub ichida ham shov-shuvga sabab bo'lgan.
Portugaliyalik yarim himoyachi Chempionlar ligasida «Como»ga qarshi o'yinda 1:4 hisobida mag'lub bo'lganidan so'ng, murabbiylar shtabini noto'g'ri taktikani tanlagani uchun tanqid qildi. Jurnalist Jeymi Jeksonning xabariga ko'ra, klub xodimlari va rahbariyati, jumladan, Maykl Karik ham, Fernandesning so'zlaridan juda norozi bo'lib, o'zlarini o'yinchi tomonidan «xiyonat qilingan» deb hisobladi. «Toksik» – deya baholadi Bruno fikrlarini klubdagi yuqori martabali manba.
