«Manchester Yunayted» Chempionlar ligasidagi «Komo»ga qarshi o'yinda 1:4 hisobida mag'lub bo'ldi. Bu natija «qizil iblislar» bosh murabbiyi Maykl Karriqqa bosimni oshirdi.
Shu bilan birga, BBC ma'lumotlariga ko'ra, yakshanba kuni Karriq Manchester Yunaytedni «Bornmut»ga qarshi Premyer-liga o'yinida boshqaradi.
«Karriq o'z vazifalarini odatiy tartibda bajarishda davom etmoqda. U 1:4 hisobidagi mag'lubiyatdan keyin tezkor o'zgarishlar haqida xabardor qilinmagan», - deya qayd etilgan BBC maqolasida.
Shu bilan birga, manba ta'kidlaydiki, «Manchester Yunayted» allaqachon yangi bosh murabbiy qidirish jarayonini boshlagan.
