Markaziy yarim himoyachi «Brayton» Yasin Ayari qishki transfer oynasida jamoasini o'zgartirishi mumkin.
Jurnalist Ekrem Konur xabariga ko'ra, 23 yoshli futbolchiga bir nechta evropalik jamoalar, jumladan «Chelsi», «Milan» va Dortmundning «Borussiya»si qiziqish bildirmoqda. Biroq, shved futbolchisi uchun raqobatda saudiya klublari bilan kurashishlari kerak. Manbaga ko'ra, «Brayton» Ayari qiymatini taxminan 40-60 million evro deb baholamoqda.
Hozirgi mavsumda yarim himoyachi barcha musobaqalarda o'n marta maydonga tushib, ikki gol urdi. Hujumchining klub bilan shartnomasi 2027 yilning yozida tugaydi.
