Hujumchi yarim himoyachi «Ayntraxt» Jan Uzun Londondagi «Arsenal»ga o'tishi mumkin. Bu haqida CaughtOffside xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, «kanonirlar» 20 yoshli futbolchining mumkin bo'lgan transferi ustida ish boshlashgan. Biroq, vaziyatni «Aston Villa», «Brayton» va «Everton» ham kuzatmoqda. Nemis klubi o'z iste'dodli futbolchisi uchun taxminan 60 million evro talab qilishi mumkinligi aytilmoqda.
Hozirgi mavsumda Uzun barcha musobaqalarda oltita o'yinda qatnashib, to'rtta gol urdi va uchta golli pas berdi.
Uzunning «Ayntraxt» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha davom etadi.
