«Barselona»ning himoyachisi Xavi Espart evropaning top-klublari orasida katta qiziqish uyg'otmoqda. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, bir nechta klub o'yinchining vakillari bilan transfer imkoniyatlari haqida bog'langan, bu esa u «ko'k-qizil»lar bilan yangi shartnoma imzolashidan oldin sodir bo'lgan. Ushbu klublar orasida «Arsenal», «Chelsi», «Bavariya», «PSJ» va «Liverpul» mavjud.

Espartning «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning iyun oyida tugaydi. Mashhur portal Transfermarkt  uning bozor qiymatini 25 million evroga baholamoqda.