Hujumchi yarimhimoyachi «Kristal Pelas» Ismaila Sarr «Manchester Yunayted»ning qiziqish doirasida, yanvar transfer oynasi oldidan, Teamtalk xabar beradi.
«Qizil iblislar» 28 yoshli senegallik futbolchini hujum flangida yoki markazda o'ynay oladigan o'yinchi sifatida ko'rib chiqmoqdalar. Shuningdek, afrikalik futbolchiga «Nyukasl» va «Sanderlend» ham qiziqish bildirmoqda. APLdan tashqari, qanot o'yinchisi Turkiya va Saudiya Arabistonida ham variantlarga ega.
Sarr «Kristal Pelas»da 2024 yil avgustidan beri o'ynaydi. Transfermrkt portalidagi mutaxassislar uning bozor qiymatini 45 million evro deb baholamoqda. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2029 yil iyun oyining oxirida tugaydi.
