Ispaniyaning «Betis» jamoasining markaziy himoyachisi Natan 2027 yilda yuqori darajaga ko'tarilishi mumkin.
Jurnalist Ekrem Konur xabar berishicha, 25 yoshli braziliyalik futbolchiga — «Manchester Siti» va «Manchester Yunayted» kabi ikkita katta Angliya Premier Ligasi klubi qiziqmoqda. Shuningdek, «Barselona» ham futbolchini qo'lga kiritish uchun kurash olib boradi.
Ushbu mavsumda Natan barcha musobaqalarda to'qqizta uchrashuvda maydonga tushdi va bitta gol urdi.
Nataning «Betis» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning iyun oyigacha davom etadi. Transfermarkt portalining mutaxassislari futbolchini 30 million evroga baholamoqda.
