Braziliyalik himoyachi Uesli qishki transfer oynasida «Roma»ni tark etishi mumkin. Lateral uchun Angliya Premyer Ligasi bo'yicha qiziqarli variantlar mavjud.

Teamtalkning Pita O’Rurkdang olingan ma'lumotlariga ko'ra, «Manchester Yunayted» yanvar oyida braziliyalikni qo'shib olishga harakat qilishi mumkin. «Qizil iblislar» Ueslini himoyaning chap qanoti uchun ko'rib chiqmoqda. Ushbu pozitsiya hozirda jamoada muammoli hisoblanadi.

Bundan tashqari, «MYU»dan tashqari, braziliyalik futbolchiga Londonning «Arsenal» va «Nyukasl» ham qiziqish bildirmoqda.

«Roma» esa Ueslining transferi uchun taxminan 60 million evro talab qiladi.