Dortmundning «Borussiya»sining yarim himoyachisi Matiss Albert Yevropa transfer bozorida katta qiziqish uyg'otmoqda. Buni ijtimoiy tarmoqlar orqali insayder Ekrem Konur ma'lum qildi.
Jurnalistning ma'lumotlariga ko'ra, 17 yoshli talantga londondagi «Chelsi», «Manchester Siti» va «PSJ» qiziqmoqda. Shuningdek, nemis klubining rahbariyati o'yinchi bo'yicha barcha takliflarni, jumladan, ijaraga berish variantlarini rad etmoqda.
Amerikalik futbolchining «shmelilar» bilan mehnat shartnomasi kelasi yilning o'rtalarigacha amal qiladi. Transfermarkt mutaxassislari baholashicha, Albertning narxi besh million evroni tashkil etadi.
