Transfermarkt portali joriy mavsumda evropaning eng yaxshi assistentlari reytingini e'lon qildi, unda eng kuchli o'n liga hisobga olindi. Faqat milliy chempionat o'yinlari, kubok va evrokubok o'yinlari hisobga olinmadi.
Reytingda birinchi o'rinni «Lans»ning hujumchi yarim himoyachisi Floryan Toven egalladi. 33 yoshli fransuz 607 daqiqada yetti assist amalga oshirdi.
Ikkinchi o'rinda yana bir tajribali futbolchi – Paskal Gross. U 611 daqiqada olti golga assist berdi. Lamina Yamal 741 daqiqada olti assist, «Feyenoord»dan Jivairo Rida esa 751 daqiqada shuncha assist amalga oshirdi.
