Insayder Fabrizio Romano yanvar oyida bo'lib o'tadigan transfer oynasining yulduzlaridan birini nomladi.

“Skott yanvar transfer oynasining eng muhim yulduzlaridan biri bo'lishi mumkin. Chelsi hali ham jarayonda va ko'proq klublar ushbu yarimhimoyachiga qiziqish bildirmoqda”, - dedi insayder shaxsiy ijtimoiy tarmog'ida.

Skott 23 yoshda. Hozirgi mavsumda Bormutning hujumchi yarimhimoyachisi 6 ta o'yinda 2 ta gol urdi va 1 ta assist berdi.

Avvalroq futbolchi tizzasidagi jarohat sababli ikki oy davomida maydondan chetlatilgan edi. Uning noyabr oyining uchinchi dekadasida qaytishi kutilmoqda.

Xabarlar: “Bormut” Skottning narxini oshirishi mumkin