So'nggi paytlarda matbuotda Maykl Karikning «Manchester Yunayted»dagi bosh murabbiylik lavozimidan tez orada ozod qilinishi haqida faol yozilmoqda. Indykaila News xabariga ko'ra, «qizil iblislar» rejalari Karikni mos o'rinbosar topgach, undan ajralishdan iborat.
Indykaila News ma'lumotlariga ko'ra, Karikni «Manchester Yunayted»dan keyin murabbiy sifatida ko'rmoqchi bo'lgan ikki klub mavjud – «Bormut» va «Fulxem».
«Manchester Yunayted» hozirda Angliya chempionatida 14-o'rinda turibdi. Karik jamoasi yakshanba kuni «Lids»ga qarshi mehmonlik uchrashuvi o'tkazadi. O'yin Moskvada soat 16:00da boshlanadi.
