«Manchester Yunayted» rahbariyati yulduz portugaliyalik yarimhimoyachi Bruno Fernandeshni jamoada saqlamoqchi, deb xabar bermoqda Teamtalk jurnalisti Pit O’Rurkga tayanib.
Manchesterdagi maqsad 32 yoshli yarimhimoyachi bilan yangi uzoq muddatli shartnoma tuzishdir. Fernandeshning «qizil iblislar» bilan amaldagi shartnomasi kelasi yilning yozida tugaydi.
Yarimhimoyachi «Manchester Yunayted»da 2020 yil yanvaridan beri o'ynaydi. Uning bozor qiymati 35 million evroga baholanmoqda.
Hozirgi Angliya Premer Ligasi musobaqasida Fernandesh olti o'yinda qatnashib, uchta gol urdi va birta golli uzatma berdi.
