Germaniya terma jamoasi va Dortmundning «Borussiya» klubining yarim himoyachisi Feliks Nmecha Angliya Premer-ligasining eng yaxshi klublaridan biriga o'tishi mumkin.
Jurnalist Ekrem Konurning xabariga ko'ra, 26 yoshli yarim himoyachi «Liverpul» uchun Alesk Skottning «Bournemouth»dan o'tishini amalga oshira olmasa, zaxira variant sifatida ko'rib chiqilmoqda.
Shuni ta'kidlash kerakki, Nmecha bilan «shmel» o'rtasidagi amaldagi shartnomada 80 million evro miqdorida to'lov klauzulasini o'z ichiga oladi. Bu klauzula iyun oyining oxirigacha amal qiladi.
Hozirgi Bundesliga mavsumida Feliks olti o'yinda qatnashdi va ikki gol urdi. Uning shartnomasi 2030 yilning iyun oyigacha davom etadi.
