«Liverpul» himoyachisi Ronald Arauhoning kelajagi haqida yangi ma'lumotlar paydo bo'ldi. Urugvaylik futbolchi ingliz klubi bilan ijarada o'ynaydi. Uning shartnomasi «Barselona»ga tegishli.
Jurnalist Ekrem Konur ma'lumotlariga ko'ra, Arauho ijarasi shartnomasida 55 million evro evaziga sotib olish opsiyasi mavjud. Transferning amalga oshishi esa futbolchining o'z qaroridan kelib chiqadi, deyiladi.
Arauho uchun asosiy maqsad — «Barselona»ga qaytish. U «Liverpul»da ijara orqali o'zini katalonlar murabbiyi Hans-Diter Flik oldida isbotlash imkoniyatini ko'rmoqda. Ijaradan so'ng, himoyachi murabbiy bilan suhbatlashishni va kelajagi haqida qaror qabul qilishni xohlaydi.
«Liverpul» safida Arauho barcha musobaqalarda to'qqiz uchrashuvda ishtirok etib, bir gol urdi va bir golga assistentlik qildi.
