Manchester Yunayted himoyachisi Mattais de Ligtning sobiq rafiqasi Anneki Molenar futbolchi bilan qiyin ajralish haqida gapirib berdi.
- Bu ochiq yurak operatsiyasiga o'xshardi. Men o'zimni juda nozik va zaif his qildim. Biz birga bo'lgan yillar davomida juda yaxshi edik, lekin romantik his-tuyg'ularimiz yo'qolganini tushundik, - dedi Molenar.
Para taxminan sakkiz yil davomida munosabatda bo'lgan. 2024 yil iyunida de Ligt va Molenar turmush qurgan, ammo bir yil o'tgach, ajralishga qaror qilishgan.
Shuni ta'kidlash joizki, de Ligt ilgari Ajax, Yuventus va Bavariya jamoalarida o'ynagan. Himoyachining Niderlandiya terma jamoasida 52 o'yini va ikki gol urgan.
