Ispaniyalik yarim himoyachi «Arsenal» Mikel Merino jamoasining joriy mavsumdagi maqsadlari haqida fikr bildirdi.

«Bizning maqsadimiz «Arsenal»da APL va Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish. Biz hamma narsani yutmoqchimiz. Buni futbolchilar, murabbiy va muxlislar xohlaydi. To‘rt ta trofeyni qo‘lga kiritish? Albatta. Bu bizning mentalitetimiz. O‘tgan mavsumda g‘alabaga yaqin edik. Barchasi detallar bilan bog‘liq, tayyor bo‘lishimiz kerak. O‘zimizga ishonamiz», - deydi 30 yoshli yarim himoyachi Sky Sports orqali.

2025/2026 mavsumida «Arsenal» Angliya Premier ligasining chempioni bo‘ldi. Chempionlar ligasida esa «kanonirlar» finalga yetib borib, penalti zarbalari seriyasida fransuzning «PSJ» klubiga yutqazdi.