Bazuman Ture, huquqlari «Nyukasl»ga tegishli bo'lgan qanot o'yinchisi, bir nechta Angliya Premer-ligasi klublarining qiziqishiga tushdi. Bu haqda insayder Ekrem Konur Caught Offsidega tayanib xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, 20 yoshli ivoriyalik futbolchi Londondagi «Arsenal», «Manchester Yunayted», «Tottenhem» va «Aston Villa»ning diqqat markazida.
Afrikalik qanot o'yinchisinin transfer narxi 50 million evroga baholanmoqda. Bazumaning «sorokalar» bilan shartnomasi 2031 yilning iyunigacha davom etadi.
Joriy mavsumda Angliya chempionatida Ture to'rt uchrashuvda qatnashib, bitta gol urdi.
