«Manchester Siti» Angliya chempionatining oltinchi turida Liverpulni 3:0 hisobida mag'lub etdi. O'yin voqealarini birinchi gol muallifi Erling Haaland sharhladi.
«Manchester Siti» bilan bog'liq har bir kishi va barcha muxlislar uchun bu ajoyib bir lahza, bu bizning xotiramizda uzoq vaqt qoladi. Oson bo'lmadi, qiyin bo'ldi, lekin biz ajoyib xarakter ko'rsatdik — himoyadan hujumgacha. Men barchamiz bilan g'ururlanaman», - deydi Erling Haaland BBC Sportga bergan intervyusida.
Shuni eslatib o'tamizki, «Manchester Siti» ichki chempionatda hali hech qanday mag'lubiyatga uchramagan — APLda o'ynagan barcha o'yinlarini yutgan.
