«Liverpul» Angliya chempionatining oltinchi turida «Manchester Siti» ga 3:0 hisobida mag'lub bo'ldi. Sobiq «qizil» hujumchisi Daniyel Starridj o'yin xarakterining o'zgarishiga Rayan Gravenberxning ikkinchi yarmning o'rtalarida qizil kartochka olishi sabab bo'lganini ta'kidladi. O'sha paytda hisob teng edi.
««Manchester Siti» o'yinchilari — yuqori darajadagi ustalar; ular bunday paytlarda o'zlarini ko'rsatishni bilishadi va bu muhim o'yinda o'z darajalarini namoyish etishadi. O'sha qizil kartochkadan so'ng o'yin xarakteri butunlay o'zgardi», - deya Starridjning so'zlarini iqtibos keltiradi BBC Sport.
Eslatib o'tamiz, «Liverpul» mavsumdagi birinchi mag'lubiyatini qabul qildi.
