«Arsenal» o'z uyida «Lids»ga qarshi Premier-liga o'yiniga tayyorgarlik ko'rmoqda. Mikel Arteta boshqaruvidagi jamoa «Brayton»dan 0:3 hisobida mag'lub bo'lganidan so'ng, g'alabaga qaytishni xohlaydi. Matbuot anjumanida Arteta o'tgan o'yin haqida savol oldi.
«Ertaga biz bu tajribani hisobga olishimiz kerak, chunki o'sha o'yin biz uchun dars bo'ldi. O'sha o'yindan ko'p narsalarni o'rganish kerak edi – ayniqsa, kuchli jamoaga qarshi o'ynaganda oddiy futbol tamoyillariga rioya qilishning ahamiyati. Biz kim ekanligimizni tushunish va ajoyib o'yin bilan o'rtacha o'yin o'rtasidagi nozik chiziqni anglash muhimdir», - dedi Arteta jurnalistlarga.
«Arsenal» va «Lids» o'yini APLda 10-oktabr kuni Moskva vaqti bilan 14:30da boshlanadi.
