«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta London klubidagi shartnomasini 2030 yilgacha uzaytirish haqida fikr bildirdi.
- Men boshidan beri aytganimdek, klub bilan istaklarimiz bir-biriga mos keladi, lekin meni ayniqsa tashkil etilish jarayoni yoqdi. Kelajakni muhokama qilganda, eng muhim narsa shartnoma imzolanishidan oldingi lahzadir. Atrofdagilarga qarab, ularning tabassumlarini, quvonchini va ko‘zlaridagi ilhomni ko‘rasan, - dedi Arteta matbuot anjumanida.
7 oktyabr kuni «Arsenal» Arteta bilan shartnomani 2030 yilgacha uzaytirgani haqida rasmiy e'lon qildi. OAV ma'lumotlariga ko‘ra, yangi shartnoma yillik 20 million funtdan ortiq maoshni o‘z ichiga oladi, bu esa ispan murabbiyini APLning eng ko‘p maosh oladigan murabbiyi qiladi.
