«Everton» murabbiyi Deyvid Moyes klubning mumkin bo‘lgan sotilishi haqida fikr bildirdi.

- Yo‘q, men o‘zimni aldanilgan his qilmayapman, chunki bu klubni sevaman. Menga har qanday sharoitda qaytish taklif qilinishi mumkin edi, va men baribir rozi bo‘lardim. Lekin eng ko‘p tashvishlanayotganim - «Everton» muxlislari. Ular juda ko‘p qiyinchiliklarni boshdan kechirishdi va oxirgi eshitmoqchi bo‘lgan narsalari - bunday xabarlar. O‘tgan mavsumda bizda deyarli hech qanday silkinishlar bo‘lmadi, biz omon qolish uchun kurashmadik. O‘tgan yilda taraqqiyotga erishdik va to‘g‘ri yo‘nalishda harakatlana boshladik. Muxlislarimizga yana kim klubga egalik qilishi haqida taxmin qilishlariga to‘g‘ri kelayotganidan afsusdaman, - deydi Moyes BBCga.

Avvalroq, «Everton» egalarining amerikalik The Friedkin Group kompaniyasi klubni sotish imkoniyatini ko‘rib chiqish niyatida ekanligi ma'lum bo‘lgandi. Ushbu kompaniya 2024 yil dekabrida klubning nazorat paketini sotib olgan edi.