«Manchester Siti» moliyaviy qoidalarni ko'p marotaba buzganlikda ayblandi. Tekshiruv davom etmoqda, chunki klub apellyatsiya berdi. Ushbu masala bo'yicha «Arsenal» murabbiyi Mikel Artetaga savol berildi – u ilgari «Manchester Siti»da ishlagan.
«Men savolni yaxshi tushunaman, lekin jarayonni hurmat qilishni niyat qilganman. Mening tushunishimcha, jarayon tugamagan, chunki apellyatsiya berilgan. Mening va klubning pozitsiyasi shundaki, biz oxirgi qaror qabul qilinmaguncha izoh berishdan saqlanishimiz kerak.
Ushbu mavzu atrofida ko'p shov-shuv bor, lekin jarayon hali tugamagan. O'ylaymanki, biz buni hurmat bilan qabul qilishimiz kerak. Vaziyat bizdan bog'liq emas, shuning uchun biz faqat o'zimiz nazorat qila oladigan narsalarga e'tibor qaratishimiz mumkin», - dedi Arteta matbuot anjumanida.
Shanba, 10-oktabr kuni «Arsenal» Angliya Premer-ligasi doirasida «Lids»ga qarshi uy uchrashuvini o'tkazadi.
