«Manchester Yunayted» va yarim himoyachi Buru Fernandesh o'rtasidagi yangi shartnoma bo'yicha muzokaralar tafsilotlari ma'lum bo'ldi.

Avvalroq ma'lum bo'lganidek, «qizil iblislar» portugaliyalik bilan hamkorlikni davom ettirish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.

Ammo, TEAMtalk xabar berishicha, hozircha tomonlar kelishuv muddati bo'yicha kelisha olmayapti. «Manchester Yunayted» Fernandeshni saqlab qolishni juda xohlaydi, lekin klubda xavotir bor, chunki kelgusi yillarda yarim himoyachi o'z o'yin sifatini pasaytirishi mumkin. «Qizil iblislar» futbolchiga 2029 yilgacha bo'lgan shartnoma taklif qilmoqda, lekin muhim shart bilan: bu shartnoma ma'lum o'yinlar soniga bog'liq ravishda muntazam ravishda uzaytiriladi. Muzokaralar davom etmoqda.

Ushbu mavsumda 32 yoshli Fernandesh barcha musobaqalarda yetti o'yin o'tkazdi, to'rtta gol urdi va bir assist berdi. Futbolchining amaldagi shartnomasi kelasi yozda tugaydi.