Kataloniyaning «Barselona» va londondagi «Tottenhem» grek markaziy hujumchisi Vangelis Pavlidisni transfer qilishga qiziqish bildirmoqda. Bunga Daily Briefingga tayanib, insayder Ekrem Konur xabar bermoqda.
Potentsial bitimning summasi 100 million evro deb baholanmoqda. 27 yoshli hujumchining Lissabondagi «Benfika» bilan tuzilgan shartnomasi 2029 yil yozida tugaydi. U portugaliyalik grandda 2024 yil iyulidan beri o'ynaydi.
Hozirgi mavsumda Portugaliya chempionatida Pavlidis yetti uchrashuvda qatnashdi. Grek hujumchisi o'z hisobiga sakkiz gol (ikki gol – penalti bilan) va ikki assist yozdirgan.
