Avvalgi himoyachi «Manchester Siti» va hozirgi «Inter» o'yinchisi Manuel Akandji ingliz klubi safida qo'lga kiritgan unvonlarini yo'qotishdan xavotirda ekanligini tan oldi.
Akandji 2022 yildan «Manchester Siti»da o'ynab, 2 ta chempionlik, 2 ta Angliya Kubogi va Chempionlar Ligasi unvonini qo'lga kiritdi. Shuni ta'kidlash joizki, jamoaning qonunbuzarliklar bo'yicha tergovi 2009 yildan 2018 yilgacha bo'lgan davrni qamrab oladi.
«Men hali ham bir necha o'yinchilar bilan aloqada bo'lib turaman, lekin sizdan ko'ra ko'proq ma'lumotga ega emasman. Bizga tinchlanishimiz va hamma narsa nazorat ostida ekanligi aytildi», - dedi Akandji Nau bilan bo'lgan intervyusida.
«Men «Manchester Siti» rahbariyatiga ishonaman va umid qilamanki, hammasi shunday. Umid qilamanki, unvonlarimni yo'qotmayman. Bu juda afsuslanarli bo'lardi. Kim biladi, yana nimalarni aniqlashlari mumkin».
Mustaqil komissiya «Manchester Siti»ni moliyaviy qonunbuzarliklar bo'yicha aybdor deb topdi. Klub bu qarorga apellyatsiya berdi.
