Eks himoyachi «Tottenhem» Ramon Vega FIFA prezidenti lavozimiga nomzod bo'lish niyatida ekanligini e'lon qildi. 55 yoshli shveytsariyalik, Janini Infantino bilan raqobatlashmoqchi bo'lgan birinchi nomzoddir.

Vega shuningdek «Seltik» va «Uotford» jamoalarida o'ynagan. U Shveytsariya terma jamoasi safida 23 ta o'yin o'tkazgan va 2004 yilda sport karerasini tugatgach, moliyaviy faoliyat bilan shug'ullana boshlagan.

«Men nomzod bo'layapman, chunki jahon futbol oilasini birlashtirish, haqiqiy va uzoq muddatli islohotlar o'tkazish, FIFAni modernizatsiya qilish, futbolimizga juda zarur bo'lgan barqarorlik va ishonchni tiklash zarur», - deydi Vega BBCga bergan intervyusida.

Shveytsariyalik 2015 yilda Zepp Blatter ishdan bo'shatilgandan so'ng FIFA prezidenti lavozimiga nomzod bo'lishga harakat qilgan. To'rt yil o'tgach, u yana saylovlarda ishtirok etmoqchi ekanligini e'lon qilgan, ammo 211 futbol federatsiyasidan beshtasining qo'llab-quvvatlashini ololmaganligi sababli saylov ro'yxatiga kiritilmagan.