Londonning Chelsi jamoasining sobiq futbolchisi Sesar Aspilikueta jamoaning himoyachisi va kapitaniga Ris Jeymsga to‘g‘risida fikr bildirdi.

«Jeyms hali ham rivojlanmoqda. Ko‘pchilik uning yosh futbolchi ekanini unutadi. Barchasi uni akademiyadan biladi. Men, masalan, 28-29 yoshimda kapitan bo‘ldim. U jamoaga kelgach, uning sifati darhol ko‘rindi. Endi esa u jamoaning lideriga aylandi. O‘ylaymanki, uning eng yaxshi yillari hali oldinda», - deya eslatadi ispanning so‘zlarini BBC Sport.

Joriy mavsumda Jeyms London jamoasi safida to‘rt o‘yinda maydonga tushdi. Himoyachining Chelsi bilan shartnomasi 2032 yilgacha mo‘ljallangan. Uning bozor qiymati – 60 million evro.