Munxenning Bavariya klubi Ispaniya terma jamoasi va kataloniyalik Barselona yarim himoyachisi Dani Olmoni sotib olishga jiddiy tayyorgarlik ko‘rayapti. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlar orqali ma'lum qildi.
Manbaning ma'lumotlariga ko‘ra, «ko‘k-qizil»lar o‘z futbolchisi uchun 80-90 million evro miqdorida pul talab qilmoqda. Shuningdek, bu o‘yinchiga Manchester Yunayted, Manchester Siti, Arsenal, Chelsi, Tottenhem va «Al-Hilal» ham qiziqish bildirmoqda.
28 yoshli ispanning «Barselona» bilan shartnomasi 2030 yilning iyun oyigacha davom etadi. Transfermarkt uning narxini 60 million evro deb baholamoqda.
