«Manchester Yunayted» forvardi Ben'yamin Sheshko ikki yevropalik gigantga qiziqish uyg'otmoqda.
TuttoJuve ma'lum qilishicha, «Barselona» va «Yuventus» 2027 yilda slovak futbolchisini transfer qilish bo'yicha dastlabki aloqalarni o'rnatgan. Hozirda Turin klubi Ispaniya gigantidan oldinda, lekin hech qanday rasmiy takliflar berilmagan. Asosiy muammo esa yuqori narx, chunki «Manchester Yunayted» Sheshko uchun 75 million evro talab qilmoqda.
Eslatib o'tamiz, «qizil iblislar» forvardni 2025 yil yozida «RB Leypsig»dan 76,5 million evro evaziga sotib olgan. U bu mavsumda barcha musobaqalarda oltita o'yinda qatnashib, ikki gol urdi.
Shuni ta'kidlash joizki, u Premier-ligada to'rtta uchrashuvda bir marta ham asosiy tarkibda maydonga tushmagan va jami 76 daqiqa o'ynagan.
