Londondagi «Arsenal» jamoasi kelasi yilda hujum chizig'ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Teamtalk xabar bermoqda.

Xabarlarga ko'ra, APL chempioni 21 yoshli italiyalik hujumchi Pio Espozitoga qiziqmoqda, uning huquqlari milanlik «Inter»ga tegishli. «Kanonirlar» scoutlari xalqaro tanaffus vaqtida potentsial yangi o'yinchining o'yinini kuzatgan.

Futbolchining transfer qiymati 50 million evroni tashkil etadi. Espozito va «neradzurri» o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2032 yilning iyun oyida tugaydi.

Hozirgi Seriya A mavsumida Espozito beshta o'yin o'tkazdi, ikki marta gol urdi va bir assist berdi.