Londonning «Arsenal» jamoasi yanvar oyidagi transfer oynasida hujum chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Caught Offside xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, «kanonirlar»ning asosiy maqsadlari Turinning «Yuventus» jamoasining qanot o‘yinchisi Kenan Yildiz va «RB Leypsig» hujumchisi Antoni Nusa hisoblanadi.

Shuningdek, Londonning ushbu top-klubi «Real» jamoasining yarim himoyachisi Arda Guler, «Atletiko» hujumchisi Julian Alvarez va «Bournemouth» o‘yinchisi Eli Junyior Krupi bilan bog‘lanmoqda.

Angliya chempionatining beshta turidan so‘ng «Arsenal» 12 ochko to‘plab, turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallamoqda. Mikel Artetaning jamoasi yetakchi «Manchester Siti»dan uch ochko ortda qolmoqda.