Angliya terma jamoasining darvozaboni Jordan Pikford xavfli haydashda aybini tan oldi. Hodisa 14-aprel kuni, bahorda sodir bo'lgan. Pikford Lamborghinini boshqarayotgan paytida «Ustunlik bering» belgisi talabini bajarmagan. Natijada, yo'lda xavfli vaziyat yuzaga kelgan: ikkita avtomobil to'satdan to'xtashga majbur bo'lgan. Pikford esa yuqori tezlikda ko'zdan g'oyib bo'lgan.
Mirror nashrining xabariga ko'ra, Pikford aybini tan olgan. Futbolchi tegishli bayonot yozib, sudda ishtirok etish va o'zini himoya qilish uchun shart-sharoitlarni taqdim etish niyatida ekanligini bildirib o'tgan. Ushbu ishni ko'rib chiqish uchun sud majlisi 7-dekabrga ko'chirildi.
