Markaziy himoyachi «Nottingem Forest» Murillo boshqa Angliya Premier Ligasi klubida faoliyatini davom ettirishi mumkin. Bu haqida Football Insider xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, 24 yoshli braziliyalik futbolchini qo'lga kiritish uchun Londondagi «Chelsi», «Liverpul» va «Manchester Yunayted» klublari kurash olib bormoqda. Biroq, «o'rmonchilar» o'yinchini qishki transfer oynasida qo'yib yuborishni rejalashtirmayapti.

Murillo va «Nottingem Forest» o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2030 yilning iyun oyida tugaydi. O'yinchining transfer narxi 50 million evro deb baholanmoqda.

Joriy mavsumda APLda braziliyalik beshta o'yin o'tkazdi.