Hujumchi «Kristal Pelas» Jean-Philippe Mateta yanvar oyidagi transfer oynasida jamoasini o'zgartirishi mumkin. Angliya klubi fransuz hujumchini kelasi qishda sotishga qo'yadi, deb xabar bermoqda insayder Ekrem Konur.

Matetani qo'lga kiritishga «Manchester Yunayted» uzoq vaqt davomida qiziqmoqda. Shuningdek, hujumchi «Milan» va bir nechta Saudiya Arabistoni chempionatidagi klublarning e'tiborini tortmoqda.

29 yoshli futbolchining qiymati Transfermarkt  portalida 30 million evro deb baholangan. Uning «qaldirg'ochlar» bilan shartnomasi kelasi yilning iyun oyida tugaydi.

Hozirgi Angliya Premer-ligasida Mateta faqat bitta o'yin o'tkazdi.