Flank himoyachisi «Brentford» va Italiya terma jamoasining a'zosi Maykl Kayode bir nechta evropalik klublarning e'tiborini tortdi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlar orqali insayder Ekrem Konur xabar bergan.

Manbaga ko'ra, 22 yoshli lateralning karerasini «Yuventus», «Nyukasl», shuningdek, londondagi «Arsenal» va «Chelsi» kuzatmoqda. «Brentford» klubi esa futbolchini qishki transfer oynasida sotish niyatida emas.

Kayode «ariqlar» safida o'tgan yilning yozidan beri o'ynaydi. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2032-yilning iyun oyida tugaydi. O'yinchining bozor qiymati 40 million evro deb baholanmoqda.