«Como» va Fransiya terma jamoasining yarim himoyachisi Lukas da Kunya bir nechta ingliz klublarining e'tiboriga tushdi. Bu haqda insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda ma'lum qildi.

25 yoshli fransuz yarim himoyachisini Londonning «Chelsi», «Nottingem Forest» va «Bornmut» klublari qiziqtirmoqda. Italiya tomoni esa futbolchini sotishdan 50 million evro olishni maqsad qilgan. Da Kunyani «Como» bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 2031 yilning iyun oyida tugaydi.

Hozirgi mavsumda Italiya chempionatida yarim himoyachi beshta o'yinda qatnashdi, ammo hech qanday samarali harakat qilmagan.