Norvegiya qanot o'yinchisi «RB Leypsig» Antonio Nusa Londondagi «Arsenal»da davom ettirishi mumkin. Buni Arsenal Radar xabar qilmoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, Nusa — «Arsenal»ning asosiy transfer maqsadlaridan biri. «Kanonirlar» 21 yoshli o'yinchi uchun 40 million evro taklif qilishga tayyor, ammo «RB Leypsig» o'z qanot o'yinchisi uchun 60-65 million evro talab qilmoqda.

Shuningdek, bu vaziyatni «Tottenhem», «Bavariya», «Barselona» va bir nechta italiyalik «Seriya A» klublari ham kuzatmoqda.

Hozirgi mavsumda Nusa «RB Leypsig» tarkibida oltita o'yinda maydonga tushib, uchta gol urdi va ikki assist berdi.