Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Italiya Roberto Mankini «Manchester Siti» bilan bog'liq vaziyatga javob berishdan bosh tortdi. Italiyalik mutaxassis bu muammoning uni qiziqtirmasligini ta'kidladi.
«Bu menga aloqador emas.
Afuski, bu «Manchester Siti»ning muammosi. Bu menga aloqador emas», - deya Mankini so'zlarini keltiradi Fabrizio Romano.
Mankini «shaharchilar»ni 2009-yildan 2013-yilgacha boshqargan. U davrda jamoa Angliya chempioni, mamlakat kubogi va superkubogiga ega bo'lgan.
Avvalroq, matbuotda Mankinining qo'shimcha yashirin shartnomasi borligi va u rasmiy ravishda e'lon qilingan summadan ancha ko'p pul ishlayotgani haqida xabar berilgan edi.
