«Manchester Siti» darvozaboni Djanluiji Donnarumma moliyaviy firibgarliklar tufayli jiddiy jazoga uchrasa, klubni tark etishi mumkin. Bu haqda taniqli jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, «Manchester Siti»ga o'tishidan oldin Donnarummaga ikki yetakchi italiyalik klub — «Milan» va «Inter» qiziqish bildirgan. Agar ingliz klubidagi vaziyat yomonlashsa, Milan jamoasi darvozabonni yana o'z safiga qo'shishi mumkin.

Shuni ta'kidlash kerakki, Donnarumma «Milan» tarbiyalanuvchisi. U 2015 yildan 2021 yilgacha asosiy jamoada o'ynagan, so'ngra «PSJ»ga (2021-2025) o'tgan va hozirda Angliyaga kelgan.

Ushbu mavsumda 27 yoshli italiyalik barcha musobaqalarda yetti o'yin o'tkazib, sakkiz gol o'tkazib yuborgan.