Angliya terma jamoasi va Leverkuzenning Bayer klubi himoyachisi Jarell Kuanza Londondagi Arsenalga yozgi transfer oynasida o'tishi mumkin edi. Bu haqda Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda ma'lum qildi.

Avgustda «kanonirlar» futbolchi uchun 65 million evro taklif qilgan, ammo nemis tomoni rad javobini bergan. Yanvar oyida Arsenal yangi taklif bilan qaytishi kutilmoqda. Hozirgi APL chempioni Chelsi raqobatchi bo'ladi.

23 yoshli himoyachi Leverkuzen klubida o'tgan yildan beri o'ynayapti. Uning shartnomasi 2030 yilning iyunigacha davom etadi.

Joriy Bundesligada Jarell to'rt o'yinda maydonga tushdi va bir assist berdi.