Hujumchi «Bavariya»dan Xarri Keyn Myunxen klubiga yangi shartnomaga ikki maxsus band kiritishni talab qildi. Bu haqda Goal Faberitsio Romano jurnalistiga tayanib xabar bermoqda.
Birinchidan, Keyn kelajakda APLga qaytish imkonini beruvchi tovon pullarini shartnomada saqlab qolishni xohlaydi. Ikkinchidan, ingliz hujumchisi «Tottenhem» uchun matching right talab qilmoqda. Agar «Bavariya» Keyn uchun boshqa klubdan taklif olsa, Londondagi jamoa shartlarni takrorlash imkoniyatiga ega bo'ladi.
Shu bilan birga, Romano bu talablarni shartnoma uzaytirishga to'siq deb hisoblamaydi. Muzokaralar tugash arafasida, yangi shartnoma kamida 2029 yilgacha imzolanishi mumkin.
