«Arsenal» afsonasi va Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Tyerri Anri «Manchester Siti»ga oid vaziyat haqida aytilgan so'zlarni rad etdi.
Oldinroq, «shaharchilar» APL moliyaviy qoidalarini buzganlikda 115 ta ayblovdan 114 tasida aybdor deb topilganligi ma'lum bo'ldi. Shundan so'ng, OAV Anrining klubni jazolash zarurligi haqidagi so'zlarini tarqatishdi.
«Bu yolg'on yangiliklar. Men hech kim bilan «Manchester Siti» haqida gaplashmadim. Hikoyalarni o'ylab topishni to'xtating», - deb yozdi Anri ijtimoiy tarmoqlarda.
«Manchester Siti» turli xil jazolar bilan yuzlashishi mumkin - katta jarima, ballar olib qo'yish, tegishli davrda unvonlardan mahrum etish va APLdan chetlatishgacha. Klub apellyatsiya ko'rib chiqilishini kutmoqda, hozircha oxirgi jazo aniqlanmagan.
