Manchester Yunayted jamoasining kapitaniga aylangan Bruno Fernandes Portugaliya terma jamoasining Norvegiyaga qarshi o'yinida o'ynamaydi. Portugaliya jamoasi bosh murabbiyi Jorje Jezush Fernandesning «qiyin muammo» bilan yuzlashayotganini ma'lum qildi.
Fernandes terma jamoaning Norvegiya bilan o'yinidan oldingi oxirgi mashg'ulotini o'tkazib yubordi. U avvalgi uchrashuvda, Uelsga qarshi (1:0) boshlang'ich tarkibda maydonga tushgan va oxirgi daqiqada almashtirilgan.
«Uels bilan o'yinda Bruno maydondan juda qiyin muammo bilan chiqdi. U davolanish va tiklanish uchun vaqt talab qiladi. U Manchester Yunaytedda jarohat oldi va menga oxirgi uchta o'yinda bu og'riq bilan o'ynaganini aytdi. Bu unga to'sqinlik qildi va Uels bilan o'yinda Bruno o'zining eng yaxshi futbolini ko'rsata olmasligining sabablaridan biri bo'ldi», - dedi murabbiy matbuot anjumanida.
Portugaliya va Norvegiya o'yini 27 sentyabrda bo'lib o'tadi.
