Lamin Yamal «Barselona»da Pedro Porro bilan o‘zining o‘ng qanotdagi hamkorligini tiklashni xohlaydi. Ushbu futbolchilar Ispaniya terma jamoasida ajoyib hamkorlik qilmoqdalar.

«Porro Yamal uchun zarur bo‘lgan xususiyatlarga ega. U doimiy ravishda hujumlarga qo‘shilib, agressiv o‘ynay oladigan va qanotda kenglik yaratadigan futbolchi», - deya yozadi El Nacional nashri.

Ma'lum bo‘lishicha, Porro tufayli Yamal o‘z hujum qanotida ko‘proq erkinlikka ega bo‘ladi. Bu «Barselona»ga, ayniqsa, raqib chuqur himoyalanganida, yordam berishi mumkin.

Manbaning ma'lumotlariga ko‘ra, Pedro Porro yanvar oyida «Tottenhem»dan ketishga tayyor. 27 yoshli himoyachining transfer narxi taxminan 70 million evro atrofida bo‘lishi mumkin.