Argentinalik «River Pleyt» darvozaboni Santiago Beltran Yevropaning eng kuchli klublari orasida talabga ega, deb xabar bermoqda futbol insayderi Ekrem Konur.

Jurnalistning ma'lumotlariga ko'ra, 21 yoshli darvozabonni «Manchester Yunayted», «Chelsi», milanlik «Inter» va «Portu» klublari sotib olishga qiziqish bildirmoqda. 2027 yilgacha Beltran uchun belgilangan klauzula 21 million evroni tashkil etadi.

Argentinalik tomon kelasi yili futbolchini sotishga tayyor.

Beltran «River Pleyt» safida 2025 yil yanvaridan beri o'ynaydi. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2027 yil dekabrida tugaydi.