Yarimhimoyachi «Monako» Lamin Kamara yanvar oyidagi transfer oynasida tumanli Albionga ko'chishi mumkin. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlar orqali insayder Ekrem Konur xabar bermoqda.
22 yoshli senegallik futbolchining transferiga Londondagi «Chelsi» va «Liverpul» qiziqmoqda. Merseysaydliklar hozirda afrikalik futbolchiga nisbatan favorit hisoblanmoqda.
Kamaraning bozor qiymati 40 million evro. Yarimhimoyachi va «Monako» o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2029 yilning iyun oyigacha davom etadi.
Hozirgi mavsumda Fransiya chempionatida Lamin beshta o'yin o'tkazdi va bir assist bilan ajralib turdi.
