«Manchester Yunayted» afsonasi Pol Skouls «qizil iblislar»ning transfer ishlari haqida tanqidiy fikr bildirdi.
«Buni aytish qiyin, lekin «MYu» endi APLda g'alaba qozonish uchun jamoa tuzmaydigan klubga aylandi. Agar siz mavsum boshlanishidan oldin yangi o'yinchilarni tanlasangiz, ular oltin uchun kurashish darajasida bo'lishi kerak. Hozirda jamoa bu maqsaddan million mil uzoqlikda», - deydi sobiq yarim himoyachi Metroga.
Angliya chempionatining beshta turidan so'ng «Manchester Yunayted» besh ball to'plab, turnir jadvalida faqat 12-o'rinda turibdi. Keyingi o'yinlarini Maykl Karrik boshqaruvidagi jamoa Londondagi «Tottenhem»ga qarshi o'tkazadi.
